Ваш год рождения?

DJ turniri qoidalari

Версия на русском

DJOPEN 2018

1.   UMUMIY MA’LUMOT

  • Tadbir nomi: DJ OPEN 2018
  • Turnirni o‘tkazish hududi:Toshkent sh., Atlantis akvaparki
  • Turnir O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan notijorat tadbir hisoblanadi.
  • Turinirda ishtirok etishga arizalar: 2018 yil 19 maydan 2018 yilning 20 iyuniga qadar qabyuaul qilinadi.  
  • Turniir tashkilotchisi haqida ma’lumot: Atlantis akvaparki
  • Ijrochi va koordinator: «Promo Staff Solutions» XK
  • Turinrda ishtirok etish ixtiyoriy
  • Turnir lotereya o‘yini emas
  • Turinirda qatnashadigan ishtirokchi mazkur Qoidalarga to‘liq rioya qiladi.

 2.  TURNIR ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

  • Turnir ishtirokchisi jinsidan qat’i nazar – didjeing bo‘yicha hamkasblari bilan musobaqalashioqchi bo‘lgan DJ-artist.
  • Turnirda ishtirok etishga 20 yoshga to‘lmagan shaxslar qo‘yilmaydi.
  • Turnirda ishtirok etishni istaganlar http://www.djopen.uz rasmiy saytida ariza topshirishlari kerak va arizalarni qabul qilish paytida muallifning to’plamini  @DJOPEN2018 Telegram messenjeriga  yuborishlari kerak. Shartlardan biri bajarilmasa, ko’rib chiqish uchun ariza qabul qilinmaydi.
  • Muchiqiy chiqishlar ishtirokchi-didjey tomonidan ijod qilingan/yoki noyob, boshqalarnikiga o‘xshamagan bo‘lishi shart. Plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Musiqiy namunalarda ismi va sahnaviy taxallusini qo‘llash man etiladi.
  • Musiqiy namunalarni tayyorlashda ABLETONLIVE, SOUNDFORGE, ACIDPROga o‘xshagan montaj dasturlaridan foydalanish man etiladi.
  • Treklarda qo‘pol, haqoratli matnlarga, shuningdek, zo‘ravonlik, milliy va irqiy, ijtimoiy yoki diniy chaqiriqlarga yo‘l qo‘yilmaydi
  • Ishtirok etish uchun arizalar cheklanmagan.

3.  TURNIRNING SARALASH BOSQICHI

  • Saralash bosqichi Turnirning 10 nafar ishtirokchisini Atlantis akvaparkida jonli ijro natijasida saralab olishni nazarda tutadi.
  • Talabgor diljeylar mazkur qoidalar bilan http://www.djopen.uz saytida tanishib chiqishlari va turnir ishtirokchisi arizasini to‘ldirishlari talab etiladi. Arizada ishtirokchi ismi sharifi, tug‘ilgan joyi, yili va kuni hamda yashash manzili ko‘rsatilishi kerak.
  • Ishtirokchilar musiqiy namunalarini ariza topshirish jarayonida Telegram messenjerining @DJOPEN2018 havolasi orqali jo‘natishlari lozim. ( Musiqiy namunani jo‘natishdan oldin ism-familiya va otangizning ismi hamda sahnadagi taxallusingizni ko‘rsating. )
  • Ishtirokchi musiqiy namunasining davomiyligi 30 daqiqadan kam bo‘lmaligi kerak.
  • Saralash bosqichi (ishtirkochilarning TOP-10taligi) www.djopen.uz sayti, shuningdek, turnirning Facebook vaiInstagram sahifalarida 2018 yilning 30 iyunidan kechiktirmay e’lon qilinadi.

 4.  TURNIRNING SARALASH BOSQICHINI BAHOLASH MEZONLARI

Saralash bosqichida poytaxtning taniqli didjeyi Dj Petishka, bastakor va aranjirovkachisi Kyamran Silence, mashhur hip hop artist, matn va qo’shiq muallifi, shuningdek, prodyuser — Mr.Slan.

Hakamlar saralash shartlariga ko‘ra musiqalarni ijodkori ko‘rsatilmagan shaklda tingaydi va baholaydi. Qoidaga asosan ishtirokchilarning musiqiy namunalari avvaldan yozib olinadi va ishtirokchi nomi ko‘rsatilmaydi (tartib raqami bilan belgilanadi). Bu o‘z navbatida baholashda shaffoflik va ob’ektivlikni namoyon etadi.

Treklar ball tizimi asosida baholanadi va har bir hakam quyidagi mezonlar asosida baho qo‘yadi: 

  • Texnika — 1-10 ballgacha;
  • Kompilyatsiya – 1- 10 ballgacha;
  • Mualliflik treklaridan foydalanganlik (qo‘shimcha ball).

Ballar yig‘indisiga ko‘ra, ishtirokchilarning eng yaxshi 10 taligi – TOP-10 saralash bosiqichga o‘tgan hisoblanadi. TOP-10 talikka belgilanganidan ko‘ra ko‘proq ishtirokchi kirgan mahal, bir xil bali ishtirokchilar qayta eshitib ko‘riladi va baholanadi. Zarur bo‘lsa, ishtirokchilar qo‘shimcha namunalarini taqdim etadi.

5.  TURNIR DJ OPEN 2018. JONLI IJRO

  • Turnirning 1-bosqichi. Mazkur bosqichda 5 nafar ishtirokchi musiqiy namunalarini Atlantis akvaparkida jonli ijroda taqdim etadi.

Har bir dijeyning ijrosida – 30 daqiqaga qadar vaqt ajratiladi.

Ovoz berish natijalariga muvofiq keyingi bosqichga 2 nafar dijey o‘tgan hisoblanadi.

Bitta dijey Atlantis mehmonlarining bevosita ovoz berish shakliga ko‘ra tanlab olinadi, ikkinchi dijeyni hakamlar tanlaydi.

1-bosqich 2018 yilning 14 iyulida o‘tkaziladi.

  •  Turnirning 2-bosqichi. Navbatdagi bosqichda ishtirokchilarning keyingi 5 taligi saralandi. Har bir ishtirokchi musiqiy namunasini Atlantis akvaparkida jonli ijroda taqdim etadi.

Har bir dijeyning ijrosida – 30 daqiqaga qadar vaqt ajratiladi.

Ovoz berish natijalariga muvofiq keyingi bosqichga 2 nafar dijey o‘tgan hisoblanadi.

Bitta dijey «Atlantis» mehmonlarining bevosita ovoz berish shakliga ko‘ra tanlab olinadi, ikkinchi dijeyni hakamlar tanlaydi.

2-bosqich 2018 yilning 28 iyulida o‘tkaziladi.

  • Turnirning final bosqichi. O‘tkazilgan ikki bosqich natijasiga binoan 4 nafar ishtirokchi final bosqichda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ular musiqiy namunalarini Atlantis akvaparkida jonli ijroda taqdim etadi.

Dijeyning bitta musiqiy namunasiga – 60 dqiqaga qadar vaqt beriladi.

G‘oliblar Atlantis mehmonlarining bevsita ovoz berish aniqlanadi.

Yakuniy final bosqich 2018 yilning 12 avgustida o‘tkaziladi.

Turnir ishtirokchilari (TOP-10) Turnirning har bir bosqichiga taqdim etiladigan rostlovchi (kontroller) qo‘llamasdan professional di-jey uskunasida jonli ijro etishlari kerak.

6.  YUTUQ JAMG‘ARMASI

  • Turnir g‘oliblari DJ OPEN 2018 yutuq jamg‘armasini tashkil etadigan yutuqqa mazkur qoidalarda ko‘rsatilgan talablar asosida sazovor bo‘ladi.
  • Turnir g‘oliblari yutuq bahosi miqdorida pul yoki boshqa yutuq yoki xizmatlarni talab etish huquqiga ega emas.
  • Turnirning yutuq jamg‘armasi Tashkilotchi hisobidan shakllantiriladi. Ishtirokchilardan turnirda qatnashish uchun haq talab etilmaydi.
  • Yutuqqa sazovor bo‘lgan ishtirokchilar soliq idorlariga jismoniy shaxslardan yutuq uchun olinadigan daromad soliqlarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligi talablariga asosan o‘zlari to‘laydi.
  • G‘oliblarga yutuqlar Turnining final bosqichida tantanali taqdim etiladi.
  • Turnirning qimmatbaho yutuqlari:
  1. Xalqaro musiqa festivaliga yo‘llanma – 1 dona. (1-o‘rin)
  2. Qimmatbaho sovg‘a 1 – 1 dona (ikkinchi o‘rin)
  3. Qimmatbaho sovg‘a 2 – 1 dona (uchinchi o‘rin)

7.   BOSHQA SHARTLAR

DJ OPEN 2018da ishtirok qatnashchining ismi sharifi, fotosuratlari va boshqa materiallarni Tashkilotchi va Ijrochi tomonidan uning roziligisiz reklama maqsadlarida hech qanday modiy rag‘batlantirishlarsiz foydalanishiga ruxsat berishini anglatadi.

Tashkilotchi ixtiyoriga ko‘ra mazkur Qoidalarga ko‘ra o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega va bu haqda o‘ziga tegishli saytda ular kuchga kirishidan 3 (uch) kun oldin ma’lumot kiritadi. Tashkilotchi mukofotlar (yutuqlar) miqdorini o‘zgartirish (ularni ko‘paytirish yoki kamaytirish) huquqiga ega.

DJ OPEN 2018 turniri muddatidan oldin to‘xtatiladigan yoki uni o‘tkazish muddatlari o‘zgarsa, bu haqdagi ma’lumot saytga joylashtiriladi.

Tashkilotchi va Ijrochi Ishtirokchining DJ OPEN 2018 turnirida ishtirok etish uchun Toshkentga kelish xarajatlariga mas’ul emas.

8.  1-O‘RIN UCHUN TAQDIM ETILADIGAN SHARTLAR:

Xalqaro musiqa festivaliga borish uchun yo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining balog‘atga etgan 1 nafar fuqarosiga taqdim etiladi.